Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida suv inshootlari bahor-yoz mavsumiga tayyorlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:55 28.04.2025
  • 101
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida bahor-yoz mavsumida aholini barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “Yoshlik”, “Bo‘ston” va “Mustaqillik” suv uzatish inshootlari to‘liq ko‘zdan kechirildi. Inshootlarning ishonchli faoliyatini ta’minlash uchun zarur profilaktik ishlar olib borildi.

Hozirda “Yoshlik” inshooti orqali “Bunyodkor” va “Saxovat” mahallalaridagi 16 mingdan ortiq aholi hamda qo‘shni mahallalarda istiqomat qilayotgan 43 mingdan ziyod fuqaro toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

“Mustaqillik” suv uzatish inshooti orqali esa “Xumo”, “Sarbon”, “Taraqqiyot”, “Doston”, “Islomobod” ko‘chalari va qator mahallalardagi 5465 nafar aholiga sifatli suv yetkazib beriladi.

Shuningdek, “Bo‘ston” suv uzatish inshooti ham “Mingterak”, “Axsikent” va “Mustaqillikning besh yilligi” mahallalari aholisining suv ta’minotini yaxshilashda xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati