11:10 26.04.2025Yangi Namangan tumanidagi “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasida ayollar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar samara bermoqda.
Mahalladagi ko‘plab xotin-qizlar uy sharoitida bodom mag‘ziga qo‘l mehnati asosida ishlov berish orqali foydali mehnat bilan shug‘ullanmoqda. Uyda ro‘zg‘or ishlaridan bo‘sh vaqtda daromad qilish imkoni yaratilgani mahalla ayollari uchun qo‘l kelyapti.
Tuman hokimi ayollarning tashabbuskorligi va mehnatsevarligini yuqori baholadi hamda kelgusida bu kabi loyihalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati