13:35 25.04.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan 55-umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni tahlil qilindi. Ta’lim sifati, darsliklar bilan ta’minlanish holati va o‘qitish usullari o‘rganilib, o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ta’lim samaradorligini oshirish, zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish va innovasion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tumandagi 6-oilaviy poliklinika faoliyati, moddiy-texnik baza, shifokorlar malakasi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli vazifalar taqsimlanib, tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati