12:15 25.04.2025Yangi Namangan tumani hokimi ishtirokida tumandagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limida mavjud ish sharoiti va moddiy-texnik ta’minot holati o‘rganildi.
Tashrif doirasida bo‘lim binolari, xizmat xonalari, yong‘in-xavfsizlik va tezkor harakat uchun mo‘ljallangan maxsus texnika hamda uskunalar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan maishiy sharoitlar, dam olish hududlari va kundalik faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
Tashrif yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati