10:45 25.04.2025Namangan davlat texnika universiteti talabalari uchun 1000 o‘rinli zamonaviy yotoqxona qurilmoqda. Yangi Namangan tumanida, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan ushbu ko‘p qavatli binoda talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilishi rejalashtirilgan.
Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Hozirda qurilish ishlari jadal sur’atda olib borilmoqda va pardozlash bosqichiga yetgan.
Tuman hokimi ob’yektga tashrif buyurib, qurilish jarayonini tezlashtirish va ish sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati