16:10 24.04.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan “Hidoya” o‘rta-maxsus islom bilim yurtida tuman hokimi ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yoshlarga ta’lim, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan faol ishtirok etishdi. Tuman hokimi yoshlar — davlat kelajagi ekanini ta’kidlab, ularga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida o‘quv kurslari, shartnoma to‘lovlari, haydovchilik kurslari, IT ta’limi, pasport olish, moddiy va tibbiy ko‘mak kabi masalalar bo‘yicha yoshlarning murojaatlariga joyida yechim topildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati