Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
  • Yangiliklar
  • 13:35 24.04.2025
  • 90
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki mablag‘lari hisobidan aholini tozalangan ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Abu Rayxon Beruniy mahallasining Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida 2,1 km uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i qurish ishlariga kirishildi. Loyiha doirasida D-300 va D-100 mm diametridagi quvurlar o‘rnatilib, 4500 nafar aholi (1230 ta xonadon) sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Ushbu ishlar tuman infratuzilmasini zamonaviylashtirish va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati