12:25 24.04.2025Yangi Namangan tumanining “Go‘zal” mahallasida 2025 yil fevral oyida “Mebel asl marjon” mebel ishlab chiqarish syexi faoliyatini boshladi. Yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 15 nafar mahalliy yoshlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Syexda uy va ofis mebellari, turli ko‘rinishdagi eshiklar hamda 50 dan ortiq turdagi jihozlar tayyorlanmoqda.
Mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish hamda ichki bozorda raqobatbardosh mahsulot taklif etish loyihaning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Tuman hokimi syexda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Korxonada yaratilgan sharoitlar, tadbirkorning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi hamda bundan keyin ham shunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati