11:05 24.04.2025Yangi Namangan tumanida Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki mablag‘lari hisobiga aholini tozalangan ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Mingchinor” mahallasining “Irrigator” ko‘chasida 1,4 km uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortilmoqda. Loyiha doirasida D-300 va D-100 mm diametridagi quvurlar o‘rnatilmoqda. Bu orqali 1300 nafar aholi yoki 300 ta xonadonni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
Mazkur ishlar tuman aholisining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati