Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 57-maktabda PISA 2025 tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
  • Yangiliklar
  • 09:35 24.04.2025
  • 96
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida joylashgan 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabida PISA 2025 xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. 

Tashrif chog‘ida maktabning informatika xonasi ko‘zdan kechirilib, mavjud kompyuterlarning texnik holati, ularning ishlash darajasi hamda internet tezligi masalalari atroflicha o‘rganildi.

Jarayon davomida o‘quvchilarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim berish sharoitlari, shuningdek, raqamli savodxonlik darajasini oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Pedagoglar bilan olib borilgan muloqotda PISA tadqiqotining mazmun-mohiyati, uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati va o‘quvchilarning funsional savodxonligini baholashdagi roli
tushuntirildi.

Mutasaddilar tomonidan sinovga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va hayotiy vaziyatlarni hal eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati