Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 18:05 23.04.2025
  • 94
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. 

Bugungi kunga kelib, mazkur hududda 9 ta korxona o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, qolgan ob’yektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu sanoat zonasi 10 gektar maydonni qamrab oladi. Unda umumiy qiymati 202,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan 37 ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbuslar natijasida 4 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, hududda avtomobillarga servis xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy “Sanoat va servis” markazi ham barpo etilmoqda. 2 gektar maydonda joylashadigan mazkur majmua ishga tushgach, yana 400 dan ortiq yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati