16:25 23.04.2025Tuman hokimi ishtirokida “Atangan guzar” mahallasida aholining tomorqadan foydalanish holati o‘rganildi.
Mazkur mahalladagi har bir xonadon tomorqasidan unumli foydalanib, asosiy ehtiyojlar uchun turli sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirmoqda. Shuningdek, deyarli har bir xo‘jalikda mol-hayvon va parrandalar boqilayotgani kuzatildi. Bu esa aholining o‘z mehnati bilan ro‘zg‘orini yuritishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tuman hokimi tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi hamda tomorqadan samarali foydalanishni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati