17:25 19.04.2025Yangi Namangan tumanida faoliyat olib borayotgan “Grand Mens Wear” mas’uliyati cheklangan jamiyati erkaklar uchun zamonaviy va raqobatbardosh kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada 70 nafardan ziyod xodim doimiy ish o‘rniga ega.
Bu yerda asosan ichki bozor talabidan kelib chiqib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mahsulotlar sifatli xomashyolardan tayyorlanadi hamda zamonaviy texnologiyalar asosida tikiladi.
Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, mehnat sharoitlari hamda kelgusidagi investisiyaviy rejalar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahsulot turini kengaytirishga doir rejalar taqdim etildi.
“Grand Mens Wear” MCHJ kelgusida eksport bozoriga chiqish, brendni rivojlantirish va sifat standartlarini xalqaro darajaga olib chiqishni maqsad qilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati