Sayt test rejimida ishlamoqda!
Tuman hokimi “Grand Sole” poyabzal korxonasida bo‘ldi
  • Yangiliklar
  • 15:55 19.04.2025
  • 93
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida joylashgan “Girand charm poyabzallari” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 100 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Korxona “Grand Sole” brendi ostida 50 dan ortiq turdagi zamonaviy va sifatli oyoq kiyimlarni ishlab chiqaradi. Har oyda 30 mingdan ziyod tayyor mahsulot ichki bozorga taqdim etilmoqda. 

Tuman hokimi korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, yaratilgan ish o‘rinlari va kelgusidagi rejalari bilan tanishdi. Uchrashuv chog‘ida syex faoliyatiga ijobiy baho berildi hamda yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar aytildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati