Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
  • Yangiliklar
  • 16:20 15.04.2025
  • 88
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Kelajak tongi” mahallasida o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, moddiy yordam, tibbiy xizmat, shartnoma to‘lovlari, suv va elektr ta’minoti kabi masalalarda murojaatlar bildirildi.

Murojaatlarning aksar qismi joyida hal etildi, vaqtini talab etuvchi muammolar esa tegishli tashkilotlarga yuborilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Yangi Namangan tuman hokimligi aholi murojaatlarini qabul qilish va hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati