Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Kelajak tongi” mahallasida ham yangi tashabbus — o‘rdakchilik rivojlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 18:10 11.04.2025
  • 97
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida aholi farovonligini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida samarali tashabbus amalga oshirilmoqda. Mahallaning “2-Taraqqiyot” ko‘chasi orqali oqib o‘tuvchi 1,2 km uzunlikdagi zakanda o‘rdak boqish ishlari yo‘lga qo‘yilyapti.

Bu loyiha orqali aholining turmush darajasini yaxshilash, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda mahalliy ish o‘rinlarini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. Avval “Sherbuloq” mahallasidan boshlangan bu yo‘nalish endi kengayib, boshqa hududlarda ham amaliyotga joriy etilmoqda.

Mazkur tashabbus yerlardan samarali foydalanish, tabiiy zaxiralarni iqtisodiy manbaga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati