Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda Gullar festivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda
  • Yangiliklar
  • 13:35 11.04.2025
  • 88
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida shahrimizda an’anaviy 64-marta o‘tkaziladigan Xalqaro Gullar festivali oldidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Festival doirasida tumanning asosiy ko‘chalaridan biri — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab turli xil gullar ekilib, yo‘l yoqalari gulxonalar va bezakli kompozisiyalar bilan husn baxshida etilmoqda.

Bundan tashqari, yashil hududlarda hamda infratuzilma ob’yektlarida ham obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Mazkur obodlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tumanning ekologik holati hamda estetik ko‘rinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, festivalga keluvchi mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun yoqimli taassurot qoldirishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati