12:10 11.04.2025Yangi Namangan tumani “Sohil” mahallasida barpo etilayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda tuman hokimi ishtirok etib, loyihalarni amalga oshirishda uchrayotgan muammolar, tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini tingladi.Mas’ullarga dolzarb masalalarni zudlik bilan hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarga qurilish ishlarini jadallashtirish va belgilangan muddatlarga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.Mebelchilikka ixtisoslashgan ushbu sanoat zonasi 10 gektar maydonni qamrab olib, unda 202,5 mlrd so‘mlik 37 ta investisiya loyihasi joylashtiriladi. Natijada 4000 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati