11:00 11.04.2025Xabaringiz bor, aholiga onkologik xizmatlar ko‘lamni yanada kengaytirish maqsadida Respublika onkologiya markazi filiali uchun zamonaviy poliklinika qurilmoqda. Yangi tibbiy muassasa Yangi Namangan tumanidagi “Oromgoh” mahallasining “Afrosiyob” ko‘chasida barpo etilmoqda.
Loyihaga muvofiq, poliklinika 170 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uch qavatli bino va avtoturargohdan iborat bo‘ladi. Qurilish ishlarini “Olmos-Uychi” xususiy korxonasi amalga oshirmoqda. Bu maqsad uchun 5,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bugun viloyat hokimi o‘rinbosari va tuman hokimi qurilish jarayoni bilan tanishib, zaruriy ko‘rsatmalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati