Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi markaziy poliklinika qurilishi davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 10:05 11.04.2025
  • 81
  • Xabarlar

Xabar qilinganidek, Yangi Namangan tumanida 200 o‘rinli, zamonaviy ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika barpo etilmoqda. Yangi tibbiyot maskani “Oromgoh” mahallasidan joy olgan bo‘lib, tuman tibbiyot birlashmasiga yondosh ravishda qurilmoqda.

Qurilish ishlari “Ravnaq” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, loyiha uchun 3,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Mazkur poliklinika 2025 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, ishga tushgach esa yangi muassasada 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari va tuman hokimi qurilish maydonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar sur’ati va sifatini o‘rgandi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati