17:25 04.04.2025Yangi Namangan tumanida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yana bir huquq-tartibot maskani foydalanishga topshirildi.
Abu Rayxon Beruniy mahallasida barpo etilgan mazkur 2-son mahalla huquq-tartibot maskani ichki ishlar organlari, huquq-tartibot idoralari va jamoat tuzilmalari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bu orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmi yanada takomillashadi.
Tantanali tadbirda mahalliy hokimiyat vakillari va huquq-tartibot idoralari ishtirok etib, ushbu maskanning ahamiyati ta’kidlandi. Mazkur tashabbus jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi islohotlarning yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati