16:10 04.04.2025Mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Yangi Namangan tumanida huquq-tartibot maskanlari tashkil etilmoqda. Bu borada mahalla fuqarolar yig‘inlari, ichki ishlar organlari va jamoatchilik tuzilmalari hamkorligida samarali faoliyat yuritish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Shu maqsadda Yangi Namangan tumanida jami to‘rtta huquq-tartibot maskani barpo etish rejalashtirilgan. Ulardan biri Go‘zal dahasida tashkil etilgan bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi va rasman foydalanishga topshirildi.
Mazkur maskan zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangan bo‘lib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining samarali ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda “Go‘zal”, “Chamanzor”, “Sihatgoh”, “Yangi zamin” va “Mehnatobod”mahallalarida jamoat tartibini ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati