17:25 03.04.2025Yangi Namangan tumanining Furqat nomli mahallasida yashovchi Ahmadjon Mamajonov tomorqasida 8 sotix yer maydonidan samarali foydalanib, dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqda.
U 2 sotixli issiqxonada avval bodiring, pomidor yetishtirgan bo‘lsa, so‘nggi ikki yildan beri qulupnay ekib, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, tomorqasida mevali daraxtlar ham parvarish qilinmoqda.
Tuman hokimi Mamajonov xonadoniga tashrif buyurib, uning dehqonchilik tajribasi bilan tanishdi va mazkur tajribaning ahamiyatini yuqori baholadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati