15:25 02.04.2025Yangi Namangan tumanida faoliyat yurituvchi “Tekstil libos” MCHJ 60 nafar aholini ish bilan band etgan, ushbu korxona 2024 yilda 694 ming AQSH dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirdi.
Korxona mahsulotlari Turkiya, Xitoy, Qirg‘iziston va Rossiya bozorlariga yetkazib berildi.2025 yil uchun mazkur syex eksport hajmini 750 ming AQSH dollariga yetkazishni rejalashtirgan. Bu maqsadga erishish uchun ishlab chiqarish quvvatini oshirish va yangi hamkorlar bilan ish olib borish ko‘zda tutilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati