Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi fuqarolar murojaatlarini qabul qildi
  • Yangiliklar
  • 14:30 02.04.2025
  • 80
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarning muammolari tinglanib, ularga yechim topish maqsadida tegishli choralar ko‘rildi.

Qabul jarayonida bandlik, moddiy yordam, shartnoma to‘lovlari, tibbiy xizmat, suv va elektr ta’minoti masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Ushbu masalalarning aksariyati joyida hal etilib, muayyan vaqt talab etadigan muammolar mas’ul idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.

Yangi Namangan tuman hokimligi aholi murojaatlarini qabul qilish va hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati