11:30 02.04.2025Yangi Namangan tumanining “Guliston” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Zamin luks” MCHJ eksportchi korxonalar qatoridan o‘rin olgan. Korxonada hozirda 50 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
2024 yilda mazkur syex Rossiyaga 250 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, 2025 yil uchun ushbu ko‘rsatkichni 500 ming AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, korxona yaqinda Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun kiyim-kechak yetkazib berish bo‘yicha ham buyurtmalar qabul qilgan.
Yangi Namangan tumani hokimi korxonada bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati