Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Sherbuloq” mahallasida parrandachilik rivojlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 16:35 01.04.2025
  • 75
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida joylashgan “Sherbuloq” mahallasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va tomorqalardan samarali foydalanish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Mahallada tomorqadan unumli foydalanish va parrandachilikni kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘rdak parvarishlash bo‘yicha tajriba yo‘lga qo‘yilib, aholiga bu sohada amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Kelgusida esa mahallada parrandachilik klasteri tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tashabbus aholi bandligini oshirish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati