Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
  • Yangiliklar
  • 14:45 01.04.2025
  • 70
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda. 4R-117 Shimoliy aylanma yo‘li bo‘ylab bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Chortoq ko‘prigi yaqinida piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun yer osti o‘tish yo‘li qurilmoqda. Ushbu tunnel “Ishonch” mahallasida yashovchi bolalarning 62-sonli maktabga xavfsiz borishini ta’minlashga xizmat qiladi. Qurilishda 4X2,30 hajmdagi beton konstruksiyalar ishlatilyapti.

Shuningdek, Chortoq yo‘lining 29-35 km qismida lotoklar o‘rnatilib, yo‘l 6 polasaga kengaytirilmoqda. Piyodalar uchun yangi yo‘lakchalar ham barpo etilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, ishlarni belgilangan muddatda va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati