Sayt test rejimida ishlamoqda!
Navro‘z arafasida “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida 9 ta yangi korxona ish boshladi
  • Yangiliklar
  • 18:30 20.03.2025
  • 89
  • Xabarlar

Yakka tartibdagi tadbirkor Akmaljon Musayev tomonidan tashkil etilgan korxona MDF eshik va romlar ishlab chiqaradi. Loyiha qiymati 11 milliard so‘m bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni uchun zamonaviy texnologiyalar joriy qilingan. Korxonada 40 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi, bu esa mahalliy aholi bandligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.

YATT Abdullo  Bozorov tomonidan tashkil etilgan korxona esa stol va stul, so‘ri ishlab chiqaradi. Loyiha qiymati 8 mlrd so‘mni tashkil etgan ushbu ob’yektda 25 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi.

Mazkur ishlab chiqarish korxonalari ham ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati