17:25 20.03.2025Yakka tartibdagi tadbirkor Xayrullo Ohunov tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish majmuasi MDF eshiklarini tayyorlashga ixtisoslashgan. Loyihaning umumiy qiymati 8 milliard so‘mni tashkil etadi, uni amalga oshirish natijasida 35 nafar ish o‘rni yaratildi.
Yakka tartibdagi tadbirkor Otabek Ibragimov tomonidan tashkil etilgan korxona esa 6 milliard so‘mlik loyiha asosida barpo etilgan bo‘lib, sim setka ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish jarayonida 30 nafar ishchi mehnat qiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor Avazxon Ne’matov tomonidan tashkil etilgan korxona MDF eshik va romlar ishlab chiqaradi. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard so‘mni tashkil etib, natijada 22 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida ish yuritadigan mazkur korxonalar mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati