17:10 20.03.2025Navro‘z bayrami arafasida Yangi Namangan tumanidagi “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida dastlabki korxonalar ishga tushdi. Ulardan biri “Ultra group” MCHJ bo‘lib, u 6 milliard so‘mlik investisiya evaziga tashkil etildi va 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona asosan stol va stul ishlab chiqaradi, mahsulot ichki bozorga yo‘naltirilgan.
Ochilish marosimida viloyat va tuman rahbarlari, jamoatchilik faollari hamda nuroniylar ishtirok etib, yangi sanoat zonasining mintaqaviy iqtisodiyot rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr bildirishdi. “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasi hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati