Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda Respublika onkologiya markazi filiali uchun 170 o‘rinli poliklinika qurilmoqda
  • Yangiliklar
  • 14:10 20.03.2025
  • 164
  • Xabarlar

Namangan viloyatida tibbiyot sohasini rivojlantirish va aholiga onkologik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish maqsadida Respublika onkologiya markazi filiali uchun 170 o‘rinli poliklinika qurilmoqda. 

Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasi “Afrosiyob” ko‘chasida joylashgan mazkur ob’yekt loyihasiga ko‘ra poliklinika uchun 3 qavatli bino va avtoturargoh barpo etilishi rejalashtirilgan.

Qurilish ishlari “Olmos-Uychi” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha uchun jami 5,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, uni joriy yilning uchinchi choragi oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan. 

Hozirda yer tayyorlash va qurilishga dastlabki tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati