13:35 18.03.2025Yangi Namangan tumanida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2024 yilda muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirildi. Jumladan, “Yoshlik” mahallasi hududida joylashgan “Mustaqillik suv uzatish inshooti” qayta ta’mirlanib, uning imkoniyatlari kengaytirildi.
Inshootdagi mavjud 1000 kub metrli suv hovuzi rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha yana shuncha hajmga ega yangi suv hovuzi qurildi. Bu esa mahalliy aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
Yangi infratuzilma tufayli Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik” mahallasida joylashgan “Xumo”, “Sarbon”, “Taraqqiyot”, “Doston”, “Islomobod” ko‘chalari hamda “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasining “Yuksalish”, “Oysara”, “Ofarin” ko‘chalarida yashovchi 5465 nafar aholi sifatli ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlanadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, inshootga 10 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatildi, bu esa oyiga 7 ming kVt elektr energiyasi tejalishiga olib kelmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati