12:20 15.03.2025Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ko‘kalamzorlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish ishlari davom etmoqda.
Yangi Namangan tumanida ham aksiyasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil bog‘lar ko‘paytirilmoqda. Bugun esa tumanning “Mustaqillikning besh yilli” mahallasidagi “Saxovat” ko‘chasida joylashgan sobiq chiqindi ko‘mish poligonidagi 2 gektar bo‘sh yer maydoniga 1500 tup pavloniya hamda 200 tup qrim qarag‘ayi ko‘chatlari ekildi. Ko‘chat ekish tadbirida tuman hokimi, faollar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Tuman hokimi hududlarda yashil bog‘larni kengaytirish, mevali va manzarali ko‘chatlar, gullarni ekish hamda parvarillashda barchani faollikka hamda mas’uliyat bilan yondashishga chorladi.
Ma’lumot uchun, Yangi Namangan tumanida bahogi mavsumda 90 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 53 ming tupga yaqin nihollar yerga qadab bo‘lindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati