Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilmoqda
  • Yangiliklar
  • 15:30 14.03.2025
  • 93
  • Xabarlar

Namangan muhandislik-qurilish instituti (NamMQI) talabalari uchun Islom Karimov ko‘chasida yangi turar-joy binosi qurilmoqda. 12 qavatli ushbu majmua davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilyapti, uning umumiy loyiha qiymati 86,3 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Qurilish ishlari “Nifrit impeks” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda va 2025 yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Bugun tuman hokimi ob’yektda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, jarayonni tezlashtirish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berdi.

Loyihaning amalga oshirilishi talabalarning turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati