13:05 14.03.2025Yangi Namangan tumanida 200 qamrovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qurilishi boshlandi. Majmua “Oromgoh” mahallasida, tuman tibbiyot birlashmasiga yondosh holda barpo etilmoqda.
Qurilish ishlari “Ravnaq” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda va loyiha uchun 3,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Poliklinika shu yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mazkur tibbiyot muassasasi aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati