Sayt test rejimida ishlamoqda!
Hududlarni obodonlashtirish va tomorqalardan unumli foydalanish holati o‘rganilmoqda
  • Yangiliklar
  • 18:25 13.03.2025
  • 69
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 Xususan, “Sohil” mahallasining har bir xonadonida ekin maydonlaridan unumli foydalanish, parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek, oilaviy tadbirkorlik imkoniyatlari haqida tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Aholiga tomorqadan foydalanib, daromad topish va ro‘zg‘orni yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bunday sa’y-harakatlar nafaqat oilalar farovonligini oshirishga, balki hududning obodonlashuviga ham xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati