15:05 13.03.2025Yangi Namangan tumanida qurilish va rivojlanish ishlari jadal davom etmoqda. “Ma’naviyat” mahallasidan joy olgan zamonaviy turar-joy majmuasi yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
“Rovuston qurilish” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan majmua 5 ta 6 qavatli binodan iborat bo‘lib, 210 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Ushbu uylar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bilan birga, ko‘plab oilalar uchun zamonaviy va qulay turmush sharoiti yaratishga xizmat qiladi.
Tuman hokimi ish jarayoni bilan tanishib, turar-joylar atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati