20:20 10.03.2025Yangi Namangan tumani majlislar zalida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shayotgan faol ayollar taklif etildi.
Turli sohalarda xizmat olib borayotgan tadbirkor, o‘qituvchi, shifokor va jamoat faollari mehnati e’tirof etildi hamda ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Bayram shukuhi samimiy tilaklar bilan yanada ko‘tarinki tus oldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati