Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Saxovat” mahallasining “Gaiston” ko‘chasi haqiqiy issiqxona xo‘jaligi markaziga aylangan
  • Yangiliklar
  • 15:15 10.03.2025
  • 88
  • Halqaro hamkorlik

Bu yerda 60 dan ortiq issiqxona mavjud bo‘lib, ularning har biri 50 sotix maydonni egallaydi. Asosiy mahsulot – pomidor. Mahalliy tadbirkorlar ushbu issiqxonalarda serhosil pomidor yetishtirib, uni nafaqat ichki bozorga, balki Qirg‘izistonga ham eksport qilishadi.

Har bir issiqxonada 20 nafarga yaqin kishi mehnat qilib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Ular mukammal agrotexnika usullaridan foydalanib, yuqori sifatli va ekologik toza mahsulot yetishtirishadi. Bu nafaqat mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga, balki aholi bandligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati