Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Climate trade”: Import o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona
  • Yangiliklar
  • 14:15 10.03.2025
  • 97
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan “Climate Trade” MCHJ 2018 yildan buyon mahalliy bozor uchun sifatli va zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarib kelmoqda. Germaniya texnologiyasiga asoslangan ishlab chiqarish jarayoni korxonaning samaradorligini oshirish bilan birga, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda korxonada 20 nafar ishchi mehnat qiladi. 2024 yilda bu yerda 1500 dona chang yutgich ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu raqamlar 10 ming donaga yetkaziladi. Bundan tashqari, korxona yangi mahsulot – suv isitgich ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Bu rejalar ichki bozorda mahalliy mahsulot ulushini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati