Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yoshlik” suv inshooti ko‘zdan kechirildi
  • Yangiliklar
  • 11:55 10.03.2025
  • 89
  • Halqaro hamkorlik

“Yoshlik” suv inshooti toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida to‘liq ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida 5000 m³ hajmga ega ikkita xovuz qurildi va “Mustaqillik” inshootigacha 9 km uzunlikdagi asosiy tarmoq tortilib, 202,9 km ichki tarmoqlar o‘rnatildi.

Ushbu inshoot orqali “Bunyodkor” va “Saxovat” mahallalaridagi 16 ming nafardan ortiq, shuningdek, “Mustaqillik 5 yilligi”, “Yoshlik”, “Axsikent”, “Mehnatobod”, “Mingterak”, “Tinchlik” va “Oromgoh” mahallalarida yashovchi 43 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati