16:15 07.03.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan Gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabiga qarashli “Pahlavon” sport majmuasi suzish havzasi davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida kapital ta’mirdan chiqariladi. Loyiha doirasida mavjud infratuzilma tubdan yangilanib, zamonaviy talablarga javob beradigan sport inshootiga aylantiriladi.
Mazkur loyihaga ko‘ra, ochiq suv havzasi, ma’muriy bino, o‘quv xonalari, kiyinish va yuvinish xonalari qurib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu ishlar "Nodir shoh qurilish" qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, sportchilar va aholi uchun barcha qulayliklarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati