Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 57-maktabda ta’lim jarayoni o‘rganildi
  • Yangiliklar
  • 15:20 07.03.2025
  • 103
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan 57-maktabda respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida ta’lim sifati, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanganligi va o‘qitish jarayoni tahlil qilindi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan muloqotlar o‘tkazilib, ta’lim samaradorligini oshirish, zamonaviy metodlardan foydalanish va o‘qitish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Maktab ma’muriyati va pedagoglar bilan suhbatlarda o‘quv jarayonini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini kuchaytirish hamda yangi innovasion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Bu kabi uchrashuvlar ta’lim sifatini oshirish va yosh avlodning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati