Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Kristal tekstil libos” xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda
  • Yangiliklar
  • 18:05 06.03.2025
  • 112
  • Halqaro hamkorlik

2012 yilda tashkil etilgan “Kristal tekstil libos” MCHJ bugungi kunda erkaklar uchun 15 turdagi kostyum-shim ishlab chiqaradi. 30 nafar ishchidan iborat jamoa tayyorlagan “Zinto” brendi ostidagi mahsulotlar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilinmoqda.

2024 yilda korxona 400 ming dollarlik eksport amalga oshirgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkichni 600 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Qisqa qilib aytganda, “Kristal tekstil libos” sifatli va zamonaviy kiyimlari bilan xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati