Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Atangan guzar”: mehnat va baraka maskani
  • Yangiliklar
  • 15:35 06.03.2025
  • 107
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanidagi “Atangan guzar” mahallasida mehnatsevar odamlar yashaydi. Bu yerda har bir xonadon baraka manbaidek: chorvadorlar boqqan qo‘yu-moli, dehqonlar ekilgan kartoshka, piyozi bilan rizqini topadi.

Abdusamat Sharifov 20 bosh qo‘y, 15 bosh mol, 50 ta parranda boqib, dehqonchilik bilan ham shug‘ullanadi. Uning 25 tup bodomi yiliga 130 kilogramm hosil beradi. Bu esa nafaqat oilasi, balki mahalladoshlariga ham manfaat keltiradi.

Hunarmandchilik ham bu yerda an’anaviy kasb. Umida Ergasheva 10 yildan beri kelini bilan ko‘rpa-to‘shak tikadi. Ularning mahorati nafaqat mahalla, balki atrofda ham yaxshi nom qozongan.

Qisqacha qilib aytganda, “Atangan guzar” aholisi mehnatdan charchamaydi, zero ular yaxshi biladi: baraka faqat samimiy mehnatda!

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati