14:10 04.03.2025Yangi Namangan tumani mahallalarida aholi tomorqalardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, “Sohil” mahallasining har bir xonadonida ekin maydonlaridan foydalanish, parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Aholiga tomorqadan to‘g‘ri foydalanish orqali daromad topish va ro‘zg‘orni obod qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati