11:00 04.03.2025Yangi Namangan tumanining “Gʻirvonsoy” ko‘chasida “Namangan inter yevro dizayner” MCHJ tomonidan ko‘p-qavatli uy-joylar hamda zamonaviy mehmonxona barpo etilmoqda. Dastlabki o‘rganish ishlari ushbu manzildan boshlandi. Bu yerda jarayon yakuniy bosqichga yetgan.
“Fayzli Uylar” nomi bilan qad rostlagan turar-joylar 10 qavatli bo‘lib, 66 xonadondan iborat. Shuningdek, 50 kishilik mehmonxona ham qurilib, u ishga tushgach, 25 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Yaqin vaqt ichida ushbu uylar o‘z egalariga topshirilishi kutilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati