Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Ma’naviyat” mahallasida BSK faoliyati va kommunal vaziyat nazorat qilindi
  • Yangiliklar
  • 15:15 03.03.2025
  • 98
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanidagi “Ma’naviyat” mahallasining aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, kommunal xizmatlar holati o‘rganildi. Sovuq kunlarida issiqlik, elektr energiyasi va suv ta’minoti bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari tinglanib, tegishli choralar belgilab olindi.

Shuningdek, hududda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va atrof-muhitga e’tibor qaratish masalalari muhokama qilindi. Mahallani obodonlashtirish va tozalikka rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida bunday uchrashuvlar muntazam davom ettiriladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati