Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida kommunal vaziyat nazorat qilindi
  • Yangiliklar
  • 13:05 03.03.2025
  • 85
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanidagi “Oromgoh” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, kommunal xizmatlar holati o‘rganildi. Qorli va sovuq kunlarda xonadonlardagi issiqlik holati bo‘yicha suhbat qilindi, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Tegishli mutasaddilar aholining issiqlik, elektr energiyasi va suv ta’minoti bo‘yicha murojaatlarini o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgiladilar. 

Shuningdek, hududda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning hushyorligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Mahallada obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, tozalikka rioya qilish va atrof-muhitni asrash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Aholining kundalik turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida bu kabi uchrashuvlar davom ettiriladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati